Xitoysavdo.uz saytidan qaysi davlatlar mahsulotlarini sotib olish mumkin?

Saytimiz Asosan Xitoy,Korea,Turkiya,Amerika kabi ko’plab mamlakatlar mahsulotlarini taklif etadi

Xitoy online bozorlari narxida sotsangiz siz qanday daromad ko’rasiz.

Biz Xitoy online ulgurji bozorlaridagi distribyutorlar bilan hamkorlikda Aliexpress banggood gearbest kabi chakana online bozorlari narxida sotuvga chiqaramiz.Bundan tashqari biz ko’plab Xitoy internet bozorlari bilan hamkorlik qilamiz.Sodda qilib aytganda biz sizga Xitoyning narxida sotamiz,ular esa bizga malum miqdorda komissiya berishadi.

Qancha vaqtda yetkazib berasizlar

Jo’natmalar 5-7 kunda uyingizgacha yetkazib beriladi.Viloyatlar uchun esa bu muddat 5-11 kunni tashkil etadi.Eslatma! yetkazib berish muddati ish kunlari hisobida berilgani va to’lovni qabul qilish jarayonlari sababli belgilangan muddat bir necha kun farq qilishi mumkin.Bizda shuningdek 7-15,7-35,30-50,30-60 kunlik variantlar mavjud. To’liq ma’lumot quyida ko’rsatilgan

To’lovlarni qanday amalga oshiraman?

To’lovlarni istalgan tartibdan,jumladan Uzcard,payme, woywo, bank va pul ko’chirish yo’li bilan amalga oshirishingiz mumkin(hech qanday ustama olib qolinmaydi).Muqobil tanlov sifatida kartadan kartaga pul o’tkazish yo’li bilan yoki webmoney orqali to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin

Yetkazib berish narxi necha pul?

Yetkazib berish narxi birinchi navbatda yetkazib berish muddatiga bogliq va mahsulot  turi,hajmi,og’irligi,narxi kabi omillarga bog’liq.

Xaridni qanday amalga oshiraman?

Qo’llanma quyida ko’rsatigan.

Saytingizdan izlagan tovarni topaolmasam buyurtma qilishim mumkinmi?

Albatta,Saytimizda joylashtirilgan “jivochat” messenjeri orqali biz bilan online tarzda bog’lanishingiz va buyurtma qoldirishgiz mumkin yoki buyurtma qilish sahifasida buyurtmangizni qoldiring.Bundan tashqari saytimizga Telegram messenjeri orqali to’gridan to’g’ri bog’lanishingiz mumkin buning uchun telegram ilovangiz izlash bo’limigan  xitoysavdouzbot so’zini yozing va bot orqali bizga xabar yuboring.

Uskuna sotib olish yoki buyurtma berish uchun nima qilishim kerak

Uskuna sotib olish,buyurtma qilish xizmati hali ishga tushmadi.Xizmat aprel oyi oxirida ishga tushirishni rejalashtiryapmiz.To’liq ma’lumot quyida ko’rsatilgan

Saytingiz missiyalari nimadan iborat?

Hozirgi yangi xizmatlar yo’lga qo’yish ustida ishlayapmiz.Yaqin kelajakda tovarlarni xitoy kabi davlatlardan to’g’ridan to’g’ri olib kelib arzon narxlarda xaridorlarga  24-48 soat ichida yuborishni niyat qilganmiz

Online bozorlar qanday ishlaydi?

Ko’p tarqalgan elektron savdo shakllari ikki xil. Birinchi turdagi bozorlarda ko’plab ishlab chiqaruvchilar,distribyutorlar va reseller(olibsotarlar) savdo qilishadi.Oddiy qilib aytganda veb-bozor sohibi bir vositachi hamda sotuvchi va xaridorni xavfsizligini ta’minlovchi vazifasini o’taydi yani siz mahsulotni tanlaysiz,to’lovni amalga oshirasiz siz mahsulotni qo’lingizga olmaguningizcha veb-bozor sizning pulingizni o’zida saqlab turadi va siz mahsulotni qabul qilib olgachgina mablag’ni sotuvchi hisobiga o’tkazib beradi.Bu sotuvchi va mijoz uchun ham xavfsizdir.Ikkinchi turdagi elektron bozor esa xususiy bo’lib bunday turdagi bozorda ko’pchilik savdo qilmaydi yani barcha mahsulotlar bir kompaniyaga tegishli.

Sizning elektron do’kondan sotib olishning qanaqa shartlari bor

Qo’llanma quyida ko’rsatilgan.